12:39 / 09.02.2018
4 052

Futzal. Bugun O‘zbekiston final sari jiddiy raqib - Eronga qarshi o‘ynaydi

Futzal. Bugun O‘zbekiston final sari jiddiy raqib - Eronga qarshi o‘ynaydi
Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati chorak finalida Vetnamni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 9 fevral kuni Bahodir Ahmedov shogirdlari yarim final doirasida Osiyoning amaldagi chempioni Eron bilan kuch sinashadi.

Kechagi erishilgan g‘alabadan keyin Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning tabrigi va daldasini olgan futzalchilarning kayfiyati a’lo darajada.

Bo‘lajak o‘yin oldidan dam olish kuni berilmagan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi Eronning o‘yinini tahlil qilib chiqdi va o‘yin oldidan futzalchilarga raqibning o‘yinidan videolavhalar ko‘rsatiladi.

Nominal mezbon sifatida qayd etilgan Eron oq rangli formalarda o‘ynaydi. O‘zbekiston terma jamoasi bugun ko‘k liboslarda maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 9 fevral kuni Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. Bugun O‘zbekiston final sari jiddiy raqib - Eronga qarshi o‘ynaydi