O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi matbuot xizmati 2018 yilgi O‘zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.
Superliga, Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o‘zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o‘z ro‘yxati (“zayavka”lari)ni 9 fevral kunidan 20 fevralgacha O‘zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga ([email protected]) jo‘natishlari talab etiladi.
Akkreditatsiya “zayavkasi” namunasi va talablari bilan O‘zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo‘limidagi «Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi» faylini ko‘chirib olish orqali tanishishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2013 yildan O‘zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston qonunchiligiga asosan ro‘yxatdan o‘tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo‘lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.
Ta’kidlash lozim, ushbu mavsumdan boshlab, barcha turdagi akkreditatsiya kartalari faqat O‘zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi