Kubada bo‘lib o‘tgan Butunjahon boks seriyalari (WSB) turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan “Cuba Domadores” va “Uzbek Tigers” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
Avvalroq ushbu uchrashuvning dastlabki uchta jangi natijalarini ma’lum qilgan edik va ularning barchasida kubalik bokschilarning qo‘li baland kelgan.
Qolgan ikkita jangda 81 va +91 kg vaznli bokschilar kuch sinashishdi.
81 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Madiyar Saidrahimov Xulio la Kruz bilan kuch sinashib, raqibiga qarshilik qila olmadi va mag‘lubiyatga uchradi. 3:0 (50:41, 50:42, 50:43).
Jamoalarning so‘nggi bellashuvida eng og‘ir vaznli bokschilar ringga chiqishdi. Qiziqarli va murosasiz to‘qnashuvda Bahodir Jalolov birinchi raundni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, qolgan raundlarda Xose Gomes o‘z ustunligini namoyish etib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi. 2:1 (47:48, 50:45, 48:47).
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi hafta uchrashuvlarida “Cuba Domadores” o‘z maydonida “Colombia Heroicos” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub qilgan.
Endi "Uzbek Tigers" jamoasi 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlarini Termiz shahrida o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi