17:40 / 10.02.2018
4 727

O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Senegal bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Senegal bilan o‘ynaydi
O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda amaliy yordam berishni so‘ragan edi.
Janni Infantino bu borada O‘zbekistondan yordamini ayamasligini ta’kidlab o‘tib, buni amalda isbotlamoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta JCh-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan Kasablanka shahrida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mart oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, 23 mart kuni Kasablanka shahrida Afrikaning nomdor terma jamoasi, JCh-2018 ishtirokchisi Senegal terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuv amalga oshishida FIFA prezidenti Janni Infantinoning yordami katta bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

Senegal terma jamoasi JCh-2018da “N” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Polsha, Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston MTJ Senegal va Marokashdan tashqari, shu yilning may oyida Eron milliy terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini eslatib o‘tish darkor.

Milliy terma jamoa uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Senegal bilan o‘ynaydi