
Kecha Toshkentning “Bunyodkor” jamoasining mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘in o‘tkazish uchun BAAning Dubay shahriga yo‘l olgani borasida ma’lum qilgandik.
Mirjalol Qosimov ushbu yig‘inga 24 o‘yinchini jalb qilgan. Ular orasida ukrainalik Artyom Gobelokni ham ko‘rishimiz mumkin. U ayni paytda “qaldirg‘ochlar” yig‘inida ishtirok etmoqda.
“Qaldirg‘ochlar” 8-20 fevral kunlari Dubay shahridagi “Jebel Ali” majmuasida mavsumoldi tayyorgarliklarini olib boradilar. Ushbu yig‘in mobaynida Mirjalol Qosimov shogirdlari to‘rtta nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirishgan.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar