Avval xabar berganimizdek ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida "Lokomotiv" o‘z maydonida o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vaxda" klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Bugun har ikkala jamoa murabbiyilari o‘rtasida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.
“Bu guruhdagi birinchi bahs bo‘lgani uchun ham katta mas’uliyat yuklaydi. Biz Toshkentga bir nechta yetakchi futbolchilarimizni olib kela olmadik. Shu bois ertaga bu borada muammolarga duch kelishimiz mumkin.
Jamoamiz o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. Biz uchun OChL ham chempionat bahslari ham birdek muhim hisoblanadi. “Al-Vaxda” har bir uchrashuvga faqat g‘alaba uchun chiqadi.
Ertangi raqibimiz safidagi Sardor Rashidovni yaxshi bilaman. U yuqori saviyali futbolchi. Uning “Lokomotiv”ga kelishi jamoani kuchaytirishi aniq. Biroq, biz ertaga Rashidovga qarshi emas, “Lokomotiv”ga qarshi o‘ynaymiz.
Bir so‘z bilan aytganda biz uyga 3 ochko bilan qaytmoqchimiz”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Al-Vaxda" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00 start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi