23:05 / 13.02.2018
5 761

O‘zbekistonda Sport vazirligi tuzildi

O‘zbekistonda Sport vazirligi tuzildi
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Kun.uz manbasi ma’lumot berishicha, prezidentning tegishli farmoni imzolangan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita raisi Rustam Qurbonov lavozimdan ketgan. U 2017 yil fevralida yangi tashkil qilingan qo‘mitaga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Rustam Qurbonov / Xalqaro press klub

Endi uning o‘rnida yangi tuzilgan vazirlikka O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar bo‘ldi.

Foto: Shoakram Isroilov

Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov vazir o‘rinbosariga aylandi.

Foto: Oybek Qosimov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 fevralida imzolangan «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda Sport vazirligi tuzildi