Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush terma jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda terma jamoalar departamenti rahbari Mahdiy Xorotiy gapirib o‘tgan, deb yozadi tribuna.uz nashri.
Xorotiyning aytishicha, Eron futboli rahbariyati bosh murabbiy Karlush Keyrush bilan yangi shartnoma imzolash uchun tayyorgarlik boshlab yuborgan.
«Futbol federatsiyamiz rahbari va terma jamoa bosh murabbiyining munosabatlari juda yaxshi. Yangi shartnoma imzolash uchun vaziyat qulay, tomonlar unga xayrixohlik bildirmoqda», - deb Xorotiy so‘zlarini keltirmoqda Eron futbol federatsiyasi sayti.
«Biz bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz, Federatsiya rahbari shu haqda topshiriq berdi. Har xil mish-mishlarga qaramay, Federatsiya rahbari va milliy terma jamoa ustozi o‘zaro hamkorlikni uzaytirish va terma jamoani yanada kuchaytirish rejalariga ega. Muxlislarning talabi ham shu. Bundan tashqari, JCh-2018 musobaqasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchimiz» - deb qo‘shimcha qildi Xorotiy.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Karlush Keyrush O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis JCh-2018 musobaqasidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishi lozim edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi