
Bugun «Zob Ahan» – «Lokomotiv» bahsi oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Andrey Miklyaev tajribali futbolchi Sardor Mirzaev hamrohligida ishtirok etdi.
— Ertaga bizni juda murosasiz bahs kutib turibdi. Zero Eron jamoalariga qarshi oʻynash hamisha qiyin boʻlib kelgan. Ular ancha tajovuzkor oʻyin namoyish etishadi. Qolaversa, biz safarda oʻynaymiz. Raqib esa oʻz ishqibozlari qarshisida maydonda saf tortadi. Biroq «Lokomotiv» uchrashuvda faqat va faqat gʻalabani koʻzlagan holda oʻynaydi. Zero biz bu mavsum Chempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatli natijalar qayd etmoqchimiz. Buning uchun nafaqat uyda, balki safar oʻyinlarida ham zafar quchish talab etiladi. Ertaga «Loko» mazmunli oʻyin koʻrsatib, uyga 3 ochko bilan qaytishga urinadi, — dedi tajribali mutaxassis.
Ha, ertaga ancha shiddatli oʻyin boʻlishini taxmin qila olaman. Zero raqib oʻz uyida ancha shddatli oʻynaydi. Biroq biz ham «Zob Ahan»ga boʻsh kelmaslikka urinamiz. Uchrashuvda gʻalabaga erishib, muxlislarimizni xursand etishni niyat qilyapmiz.
Sardor Mirzaev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar