20:43 / 20.02.2018
3 534

Rodolfo Arruabarrena: “Nasaf” mutlaq g‘alabaga loyiq o‘ynadi"

Родолфо Арруабаррена: "Насаф" мутлақ ғалабага лойиқ ўйнади"
OCHL “C” guruhining 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Al Vasl” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Rodolfo Arruabarrena ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda g‘alabaga erishishdi. “Nasaf” butun bahs davomida katta ustunlik bilan o‘ynadi. O‘yin natijasi adolatli bo‘ldi. “Nasaf” mutlaq g‘alaba loyiq o‘ynadi. Bizda kutilmagan jarohat va yo‘qotishlar o‘z so‘zini aytdi. Yo‘qotishlar esa jamoamizga o‘z o‘yinini namoyish etishiga halaqit berdi. O‘yingacha yo‘qotishlar bilan kelgandik. Birinchi bo‘limdayoq Kaio safdan chiqqani vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Shundan keyin o‘yinga tayyorlab kelgan rejalarimiz o‘zgarib ketdi, - deya gap o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi Rodolfo Arruabarrena.

- “Al Vasl”ning bo‘lajak ikkita uchrashuvdagi rejasi nimalardan iborat?

- Bizni oldinda chempionatdagi juda muhim uchrashuvlar kutmoqda. BAA ligasida yetakchilardan biroz ortda qolyapmiz va shuning uchun ularga yetib olish uchun barcha kuchimizni sarflashga harakat qilamiz. Bizni ayni paytda ichki chempionatdagi o‘yinlar jiddiy o‘ylantirmoqda.

- “Al Vasl”ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Keling, avval Qatardagi o‘yin natijasini kutamiz. Shundan keyin bir narsa deyish mumkin.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodolfo Arruabarrena: “Nasaf” mutlaq g‘alabaga loyiq o‘ynadi"