FIFA prezidenti Janni Infantino Umid Ahmadjonovni tabrikladi

FIFA prezidenti Janni Infantino Umid Ahmadjonovni CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol Assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, maktub yubordi. Tabriknomada shunday deyiladi:
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Muhtaram Umid Ahmadjonov! CAFA prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Sizga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Sizdagi yuksak bilim va katta tajriba futbolni rivojlantirishga va yuksak cho‘qqiga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonchim komil. Bu maqsadga yetishish yo‘lida FIFAning ko‘magiga va qo‘llab-quvvatlashiga tayanishingiz mumkin. FIFA eshiklari ciz uchun hamisha ochiq.
Men Sizga muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq va yangi lavozimda omad yor bo‘lishini tilab qolaman.
Men Sizga muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq va yangi lavozimda omad yor bo‘lishini tilab qolaman.
Hurmat bilan Janni Infantino , FIFA prezidenti».
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…