
Xabaringiz bor, ertaga Uzbek Tigers jamoasi WSB VIII mavsum guruh bosqichi 3- turida Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” bokschilarini sinovdan o‘tkazadi.
Mazkur bellashuvlarda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga chiqishadi.
Tarkiblar bilan tanishing:
52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila
60 kg: Shunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta
69 kg: Mahmud Gaipov - Aleksandr Ranxel
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Diyego Motoa
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo.
Eslatib o‘tamiz, kecha Cuba Domadores bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda bokschilarimiz 4:1 hisobida zafar quchgan edi.
Ertangi boks kechasi taekvando WTF federatsiyasiga qarashli “Universal” sport saroyida tashkil etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar