«Barselona» safarda «Real»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi (Video)

«Barselona» safarda «Real»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi (Video)

Barselona” klubi safarda “Real”ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar to‘laqonli ustunlik o‘rnata oldilar. Birinchi bo‘limda Suares, Neymar va Inesta gol kiritishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Luis Suares dublga erishdi. Lionel Messi ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi, ammo gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.

O‘z navbatida "Barselona" darvozaboni Bravo ham bir qator xavfli vaziyatlarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Real Madrid – Barselona 0:4
Gollar: 0:1 – 11 Suares, 0:2 – 39 Neymar, 0:3 – 53 Inesta, 0:4 – 74 Suares.
Real – Navas, Varan, Marselo (Karvaxal, 59), Danilo, Ramos, Xames (Isko, 55), Kroos, Modrich, Beyl, Ronaldu, Benzema.
Barselona – Bravo, Pike, Alba, Dani Alves, Rakitich (Messi, 57), Buskets, Inesta (Munir, 77), Maskerano (Mate, 27), Serdji Roberto, Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Xames (23), Dani Alves (31), Ramos (51), Karvaxal (83).
Chetlatish: Isko (84).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar