“Neftchi” – “Nasaf” bahsidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Sergey Kovshov va jamoa himoyachisi Shukurali Po‘latovlar ishtirok etishdi.
Sergey Kovshov: -Bugun jiddiy raqibga qarshi kurash olib bordik. Ammo menga ma’qul kelgan tomoni “Neftchi”ning g‘alabaga bo‘lgan chanqoqligi bo‘ldi. Jamoa oxirigacha kurashdi. G‘alaba sari intilganliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Ishtiyoq esa bugungi natijada muhim rol o‘ynadi. Hamma murabbiylar jamoasining g‘alaba qozonishini istaydi. Shu qatori men ham jamoamdan g‘alaba kutgandim. Bugun biz og‘ir mehnat evaziga qimmatli ochkoni qo‘lga kiritdik. Yigitlarning o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi.
Shukurali Po‘latov: -Bugun O‘zbekistondagi eng kuchli klubga qarshi to‘p surdik. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Bejizga bu jamoa o‘tgan mavsumda 2-o‘rinni qo‘lga kiritmadi. Jamoamiz bilan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bahsda muxlislar bizga juda katta dalda bo‘lib turishdi. Buning uchun ularga rahmat deb qolaman. “Neftchi” yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Bugun rahbariyat tomonidan “Nasaf”ni mag‘lub etish vazifasi oldimizga qo‘yilgandi. Lekin durang natija ham yomon emas deb o‘ylayman. Jiddiy raqibga qarshi og‘ir o‘yin kechdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?