16:12 / 22.11.2015
6 125

Rafael Benites «Real» rahbariyatining ishonchini yo‘qotdi

Rafael Benites «Real» rahbariyatining ishonchini yo‘qotdi
Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites iste’foga chiqarilishi lozim degan qarorga kelgan, deb xabar beradi «Uff.uz».

Klub rahbariyati madridliklarning joriy mavsumdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmagani tufayli, iste’fo kelasi haftada yoki mavsum oxirida amalga oshishi mumkin.

«Barselona»ga qarshi o‘yinda «Real» o‘z maydonida 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv vaqtida Madrid klubi muxlislari Benitesning iste’fosini talab qilib, hushtakbozlik qildi.

O‘yindan keyin «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidentiga ultimatum qo‘ydi va klubda yo o‘zi, yoki Benites qolishini aytdi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rafael Benites «Real» rahbariyatining ishonchini yo‘qotdi