18:12 / 07.03.2018
6 739

Munisa Rizayeva “Nasaf” bilan shartnoma imzoladi (foto)

Munisa Rizayeva “Nasaf” bilan shartnoma imzoladi (foto)
Taniqli xonanda bilan klub o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishib olindi

Qarshi shahriga gastrol safari bilan bo‘lib turgan, taniqli xonanda va estradamiz yulduzi Munisa Rizayeva guruh a’zolari bilan “Markaziy” stadionga tashrif buyurdi.

Xonanda “Markaziy” stadiondagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Munisa Rizayevaga klub bosh menedjeri Sh.Yarulin hamrohlik qildi. Shuningdek xonanda klub qoshida tashkil etilgan muzey eksponatlarini ko‘zdan kechirdi. Sh.Yarulin san’atkorga klub tarixi va yutuqlari, shuningdek faxriy mehmonlar tashrifi haqida hikoya qilib berdi. Munisa Rizayeva tashrif kitobida o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Taniqli xonanda bilan klub o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishib olindi. Munisa Rizayevaga ishonchli hamkor yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Quyida tashrifga oid suratlarni tomosha qiling.








Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Munisa Rizayeva “Nasaf” bilan shartnoma imzoladi (foto)