
10 mart kuni yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murod Ahmadaliyev professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi.
Ahmadaliyevning katta boksdagi ilk raqibi argentinalik David Paza bo‘ldi.
“The Real Deal Boxing” va “Mir boksa” kompaniyalari tomonidan tashkillashtirilgan boks kechasi “Kings Theater” arenasida bo‘lib o‘tdi.
Jangning ilk soniyalaridanoq Ahmadaliyev to‘liq ustunlik bilan boshladi va raund oxiriga Paza uning kuchli zarbalaridan birini o‘tkazib yubordi va hakam nokaut e’lon qildi.
Qayd etish kerakki, Paza professional boksda 9 ta jang o‘tkazib ulgurgan va shularning 4 tasida g‘alaba qozongandi.
Ahmadaliyev esa debyutdayoq g‘alaba qozondi.
Bundan avvalroq “Uzbek Tigers”ning boshqa bir vakili Shahram G‘iyosov professional boksdagi ilk janggini o‘tkazib, 5-soniyadayoq raqibini nokautga tushirib g‘alaba qozongani xabar qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar