18:50 / 11.03.2018
3 846

"Al-Duhail" bosh murabbiyi: Biz Toshkentga 3 ochko uchun kelganmiz

"Ал-Дуҳаил" бош мураббийи: Биз Тошкентга 3 очко учун келганмиз
Xabaringiz bor kelayotgan hafta avvalida Osiyo qit’asida yashil maydonlarida Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” bu safar o‘z uyida Qatarning “Al Duhail” jamoasidan revansh olishga urinib ko‘radi. Bugun esa mazkur uchrashuv oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bellashuv oldidan Qatar jamoasi bosh murabbiyi Jamol Belmadi o‘z fikrini bildirib o‘tdi:

- Oldimizda faqat vatanimizga g‘alaba bilan qaytish vazifasi turibdi. "Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini aytishim mumkin. Lekin biz Toshkentga 3 ochko uchun kelganmiz. G‘alabali seriyani davom etirishni istaymiz. Ushbu bellashuvga biz jamoamizning hamma yetakchi legionerlarini olib kelganmiz.

Jamoamiz oxirgi 7 yilda 6 marta Qatar chempioni bo‘lganini eslatib o‘tmoqchiman. Bu, albatta, yaxshi natija. Biz OChLda ham ishonchli o‘ynashga harakat qilamiz. O‘z jamoamiz haqida gapiraman, raqib jamoa haqida ko‘p gapirishni istamayman. Lekin "Lokomotiv" oxirgi yillarda yaxshi shakllanishga erishdi. "Loko"ga qarshi birinchi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida biz yomon o‘yin ko‘rsatdik deb ayta olmayman, shunchaki "Lokomotiv" o‘yinni ancha kuchaytira oldi
, - dedi Belmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al-Duhail" bosh murabbiyi: Biz Toshkentga 3 ochko uchun kelganmiz