
Xabaringiz bor, 10 mart kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Uzbek Tigers” jamoasi sobiq a’zolari Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev o‘zlarining prrfessional ringdagi ilk janglarini g‘alaba bilan yakunlashdi.
Mazkur janglar haqida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ajoyib janglarni o‘tkazishdi. Ularni yaxshi bilaman. Bularning barchasi tinimsiz mehnat va intilishlar samarasidir. Natija umuman boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi. Har ikki bokschining raqibi ularning imkoniyatini to‘g‘ri baholay olishmadi va alamli mag‘lubiyatni qabul qilishdi. Bu bokschilarni g‘alaba bilan yana bir tabriklayman va keyingi janglarda ularga omad tilayman, - deydi Mahmud Murodov Sports.uz internet portaliga.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov argentinalik Nikolas Velaksesni 15 soniyadayoq mag‘lub qilgan bo‘lsa, Murodjon Ahmadaliyev boshqa bir argentinalik bokschi ustidan texnik nokautga qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar