Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini Malayziyaning Subang-Jaya shahrida o‘tkazdi.
12 raund etib belgilangan mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga vengriyalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Latslo Toz raqiblik qildi. Jang yakuniga ko‘ra, Qudratillo ochkolar bo‘yicha jang g‘olibi deb topildi.
Vengriyalik sportchi bunga qadar professional ringda jami 29 ta jang o‘tkazib, shulardan 25 tasini g‘alaba (17 nokaut) qozongan bo‘lsa, 1 marta durang qayd etgan edi.
Shunday qilib, Qudratillo “World Boxing Council Silver” chempionlik kamarini munosib himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov esa professional ringga 2015 yil oktyabrida kirib kelgan va shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. 9 tasida raqiblari ustidan muddatidan oldin zafar quchgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi