
Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida “Uzbek Tigers” jamoasi Amerika mintaqasi jamoalari “Cuba Domadores”, “Colombia Heroicos” va “Caciques Venesuela” jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
O‘zbek jamoasi guruhdagi 4-tur uchrashuvini safarda Kolumbiya jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Janglar 23 mart kuni Soledadda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur janglarda jamoalarning C1 guruhi bokschilari o‘zaro kuch sinashadi.
Unda quyidagi bokschilar tarkibdan o‘rin olishgan:
49 kg: Mironshoh Ibragimov
56 kg: Shahobiddin Zoirov
64 kg: Iqboljon Xoldorov
75 kg: Isroil Madrimov
-91 kg: Sanjar Tursunov
Shuningdek, zaxira tarkibiga Odiljon Aslonov va Sardor Yormuhamedov kiritilgan.
Jamoaga murabbiylar shtabidan Tщlыin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jayev o‘rin olishgan.
Hozirda “Uzbek Tigers” 3 ta jang o‘tkazib, safarda “Cuba Domadores” (5:0) imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, o‘z maydonida revansh oldi (4:1) va “Colombia Heroicos” jamoasini ham xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” guruhning 5- va 6-turlarini Venesuyelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. S1 va S2 guruh bokschilari ishtirokida har ikkala uchrashuv ham 6-7 aprel kunlari Termiz shahrida tashkil etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing