«AGMK» klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
– So‘nggi daqiqalarda Abdumalik Abdullayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib gol ura olmadi. Aynan uning o‘tgan mavsumdagi mana shunday harakatlari «Dinamo»ga pand bergandi. Futbolchini jalb qilayotganda mana shunday jihatlarga e’tibor qaratmaysizlarmi?
– Bilasizmi, Abdullayev asosiy tarkib o‘yinchi emas, zaxira futbolchisi. Agar u o‘shanda gol urganda siz hozir boshqacha gapirardingiz: u maydonga tushib, jamoani qutqarib qoldi deya. Nima qolgan vaziyatlarning barchasi golga aylandimi? «Paxtakor»chilarning hammasi gol urdimi? Ha, unda kamchiliklar bor, biz uning ustida ishlamoqdamiz.
Bizda o‘zimiz xohlagan futbolchini sotib olish uchun mablag‘ yo‘q! Men sizga yana bir bor tushuntiryapman, to‘purar futbolchini sotib olish uchun bizda pul yo‘q. Biz imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda futbolchi jalb qilamiz va ular bilan ishlaymiz.
– Agar siz uning o‘yinini ko‘rganigingizda edi: samarqandliklar uni deb chempionatni tark etdi desak ham bo‘laveradi.
– Men nima qilishim kerak? Uni haydab yuboraymi? U qarshi hujumni kuchaytirish uchun tushdi va buni yaxshi uddaladi. Shunchaki so‘nggi zarbani qattiqroq yo‘llash kerak edi. Unga gol urishni o‘rgatamiz. Jamoadagi barcha mukammal emas, har bir o‘yinchiga nimanidir o‘rgatish zarur.
Top-o‘yinchilarni faqat grand klublar qo‘lga kirita oladi. Barcha kuchli futbolchilar o‘sha jamoalarda to‘p surishni ma’qul ko‘radilar. Bizning klub esa shunchaki chetda yurgan jamoa xolos. Bizda maoshlar yuqori emas. Biz tarkibga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan futbolchilarning birortasi kelishni istamadi.
– Mana uch tur ortda qoldi va sizlar bir ochko to‘play oldingiz xolos. Kelajakdagi o‘yinlarga qandaydir reja bormi?
– Bizda har bir o‘yinga bugungidek reja. Boshqachasiga iloji yo‘q. O‘zgartiradigan hech narcha yo‘q, biz shug‘ullanyapmiz va o‘yinimiz ham yomon emas.
Masalan: «Navbahor»ga qarshi o‘yinda bitta jarima zarbasi hammasini hal qildi. Ularda darvoza tomon birorta ham aniq zarba berilmadi [gollardan tashqari], ammo ular ikkita gol urishdi. Omad ham ba’zida kerak.
Bugun ham shunday bo‘ldi. Aslida biz birinchi bo‘lib gol urishimiz kerak edi. O‘yinchilarning darajasi mana shunday paytda bilinadi. Futbolchiga to‘p uzatib berishdi, oldida bo‘sh darvoza turibdi, u esa boshqa tomonga burilib ketib qolmoqda. Bu o‘yinga bo‘lgan e’tiborsizlikni anglatadi. Ularning himoyachisi yiqilib tushdi, to‘pni olib qo‘yib, uni darvozaga yo‘llash qiyin emasdi. Agar biz shunday xatoga yo‘l qo‘yganimizda raqib buni kechirmasdi. Biz esa bundan foydalanmadik.
Yana misol, ikkinchi bo‘lim ketmoqda: bizning to‘purar – Zafar Polvonov! Bir qadam tashla va zarba ber... Yonida birorta ham himoyachi yo‘q. U esa bir joyda chekib turibdi... Nima deyishni bilmayman.
U hujumchi, axir. Unda jarima maydonchasiga nima uchun keldi?! Hatto siz ham bilasiz hujumchi raqib jarima maydonchasiga nima uchun kelishini. U esa bilmaydi. U 33 yosh, necha yildan beri o‘ynaydi.
Qanotdan uzatma bo‘lmoqda, hujumchi bunday vaziyatda nima qilishi kerak?! Men bu yerda hechqanday yordam qilolmayman. Bu axir elemantar narsalar. Biz vaziyat sodir eta olmaganimizda ham mayli edi, shuncha vaziyat bo‘ldi, hujumchi degani buni yakunlashi kerakku. O‘yindagi birgina ijobiy holat hujumchimiz penalti ishlab berdi. Bo‘ldi, qolgan holatlarda to‘rtta hujumchi hech narsa qilmadi.
– «Navbahor»ga qarshi o‘yinni ko‘rdik, siz aytgandan farqli o‘laroq ular oxirigacha kurashishdi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi.
– Men darvoza tomon berilgan aniq zarbalar statistikasini aytmoqdaman, xavfli hujumlar yoki zarbalar sonini emas. Statiskani qarang aniq zarbalar soni ularda «0». Biz o‘yinda oxirigacha kurashdik va ikkinchi golni qarshi hujum tufayli o‘tkazib yubordik. Agar hisob tenglashganidan so‘ng himoyaga e’tibor qilganimizda, ular ikkinchi golni ura olmasdilar. Biroq biz hujumga o‘tdik.
Men bu bilan «Navbahor» yomon o‘ynadi demoqchimasman. Odatda darvoza tomon ko‘proq aniq zarba yo‘llagan jamoa g‘alabaga erishadi, o‘sha o‘yinda esa aksincha bo‘ldi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi