
Polsha prezidenti Anjey Duda futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimiga bormaslikka qaror qildi. Bu haqda «RMF 24»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
«Kecha prezident tegishli qarorni qabul qildi, u Rossiyadagi jahon chempionatida Polsha nomidan ishtirok etmaydi», - deya xabar bergan prezident kanselyariyasi rahbari Kshishtof Shcherskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi siyosiy ixtilofdan tashvish bildirayotgani hamda u bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra Saudiya Arabistonini 2018 yilgi jahon chempionatiga qo‘ymasligi mumkin ekani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar