Superliga 4-tur doirasida o‘tkazilishi belgilangan ikkita uchrashuv boshqa kunga ko‘chirildi.
FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, qolaversa, musobaqa o‘tkazish Reglamentida belgilanganidek, klubning uch va undan ortiq futbolchilari terma jamoalarga chaqirilgan taqdirda chempionat uchrashuvini boshqa muddatga ko‘chirish imkoniyatiga ega ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Keniyaga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvlari bois, 4-tur doirasidagi bir qator o‘yinlar boshqa muddatga ko‘chirildi.
Jumladan, ushbu xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida terma jamoalarimizning maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tarkibiga “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublarining bir qator futbolchilari jalb etilgani va ular klublari safiga kechroq yetib kelishlari bois Superliganing 4-turidagi quyidagi o‘yinlar muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi no’malum muddatga qoldirildi. “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvi 30 martdan 31 martga, “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi esa 31 martdan 30 martga ko‘chirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin