Keniya olimpiya terma jamoasi sardori Ojvang Timoti Odxiambo O‘zbekiston OTJga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘zbekistonga, jumladan, Andijonga birinchi marta tashrif buyurdik. Bizni shu darajada shodiyona bilan kutib olishganidan juda xursandmiz. Agar muxlislarning ko‘pligini ko‘rib hayratlandim, desam ham aldamagan bo‘laman. Ayni paytda qanday hissiyotlarga berilganimni oddiy so‘z bilan ta’riflash qiyin. Hammasiga qoyil, barchaga rahmat. Sizlarga omad tilayman.
To‘g‘risi, bungacha O‘zbekiston futboli haqida yetarli ma’lumotlarga ega emasdik. Ammo O‘zbekiston OTJ Osiyo chempioni bo‘lganidan keyin jamoangiz haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarni bilib oldik. Bundan keyin ham O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilayman.
Biz bu yerga shunchaki kelganimiz yo‘q. Nayrobiga g‘alaba bilan qaytmoqchimiz. Maqsadimiz O‘zbekiston bilan o‘yinlarda muvaffaqiyat qozonishdir.
Andijon shahri haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, juda go‘zal, juda chiroyli shahar ekan. Andijon menga yoqib qoldi. Afrikadan Andijonga alanganli salom” – dedi Keniya OTJ sardori. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin