Iqboljon Xoldorovning zarbalariga raqibi dosh bera olmadi

Iqboljon Xoldorovning zarbalariga raqibi dosh bera olmadi
Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichining to‘rtinchi turida Kolumiyada “Uzbek Tigers” jamoasi “Colombia Heroicos” jamoasiga qarshi bellashmoqda.

Ushbu jamoalarning uchinchi jangida vazni 64 kilogramm bo‘lgan Iqboljon Xoldorov hamda Jon Gutiyerrez o‘zaro raqobatlashdi.

Qiziqarli bahslarga boy o‘tgan bellashuvning 4-raundida Iqboljon raqibining jigariga kuchli zarba yo‘lladi va uchrashuv hakami hisobni ochdi.

Bu zarbadan so‘ng jang qilishi qiyinlashgn Jon beshinchi raund ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hisob 2:1.

Manba: Sports.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar