
Mashhur futbolchi va taniqli mutaxassis Azamat Abduraimov yana murabbiylik faoliyatiga qaytdi.
Azamat Abduraimov 2004 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat bo‘ladigan yangi o‘smirlar terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda Azamat Abduraimovning Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 2019 yil U-16 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Agar saralashdan muvaffaqiyatli o‘tilsa, 2020 yil Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Ushbu qit’a chempionatida yarim finalga qadar yetib borilsa, o‘smirlarimiz 2021 yil bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar