
“PSJ” klubi vakillari “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Kontening agentlari bilan muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda Uff.uz nashri.
Konte nomzodi Unai Emerining o‘rniga ajoyib mutaxassis deb qaralmoqda. Chunki “PSJ” rahbariyati nomzodlar qatorida aynan Antonioni qo‘lga kiritish osonroq deb hisoblaydi. Zero Joze Mourinyu (“Manchester Yunayted”), Diyego Simeone (“Atletiko”) va Massimiliano Allegrilarning (“Yuventus”) o‘z klublarini tark etishi ehtimoli juda past.
“PSJ” klubi Kontega har yili 10 million funt miqdordagi maosh taklif qilishga tayyor (tahminan 11,5 million yevro). “Chelsi”da italiyalik mutaxassis 9,5 million funt olmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar