23:36 / 07.04.2018
4 407

«Lokomotiv» – «Qo‘qon-1912». Nivaldo raqib darvozaboniga «kalla qo‘ydi» (foto+video)

«Lokomotiv» – «Qo‘qon-1912». Nivaldo raqib darvozaboniga «kalla qo‘ydi» (foto+video)
Superliga 6-turi doirasida «Lokomotiv» klubi o‘zida «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynadi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida Nivaldo Rodriges mehmonlar o‘yinchisiga nisbatan qo‘pol harakat qilganligi uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va hissiyotlarini jilovlay olmagan braziliyalik futbolchi raqib darvozaboni O‘tkir Yusupovga boshi bilan zarba berdi.

Bu qilmishi uchun Nivaldo uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, o‘yinda va undan so‘ng poytaxtlik futbolchilar qanot hakamiga bir necha bor e’tiroz bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Buxoro» sardori Shavkat Salomov hakamning qarorlariga keskin norozilik bildirgani va uning harakatiga to‘sqinlik qilgani uchun 10 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgandi.


Bu holat yuzasidan ikkala futbolchi ham izoh berishdi.

"Lokomotiv"ga g‘alaba kerak edi, deb o‘ylayman. Shuning uchun ham "temiryo‘lchilar" jonini berib o‘ynashdi. Darvozamizni ishg‘ol qila olmagani uchun alam qilgan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganini bilmayman. Nivaldo qizil kartochka olganidan so‘ng futbol qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatni amalga oshirdi. Nivaldoni haqorat qilganim yo‘q", - deydi O‘tkir Yusupov.

"O‘yin oxirida ko‘p kurash bo‘ldi. Raqib darvozaboni meni "maymun", "negr" deb haqorat qildi. Men o‘zimni tutib tura olmay boshim bilan unga zarba berdim. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, buni tan olaman. To‘g‘ri bu futbol qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan ish. Muxlislar va "Lokomotiv"dan uzr so‘rayman", - deydi Nivaldo.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» – «Qo‘qon-1912». Nivaldo raqib darvozaboniga «kalla qo‘ydi» (foto+video)