O‘zbekiston Superligasi 6-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov hamda Erkin Boydullayev qatnashdi.
Hamidjon Aktamov: "Durangga mos o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarim ko‘rsatmalarni to‘liq bajardi, deb o‘ylayman. Yaxshi o‘ynadik, biroq g‘alaba qozona olmadik. Raqibni o‘rganib chiqib, shunga qarab bugungi o‘yinga noodatiy taktika tanlagandik. Oldin bunday taktik sxemada, ya’ni besh nafar himoyachi bilan rasmiy uchrashuvlarda o‘ynamaganmiz.
Ushbu uchrashuvga tayyorlanish uchun 4-5 kun vaqt bor edi. Futbolchilarim vazifalarning 70-80 foizini uddalashdi. Ularga e’tiroz yo‘q. O‘z xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazib yubordik.
Grigalashvilining jarohati rejalarga katta ta’sir qilmadi. Bahs kunigacha uning tuzalishini kutgandik. Ammo nima deya olamiz, u ham robot emas. Elguja keyingi o‘yinlarga tayyor bo‘ladi.
Grand jamoalar? Ha, biz grand jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘tkazdik. "Lokomotiv" bilan ilk uchrashuvda ancha qiynaldik. Qolganlarida esa nisbatan osonroq bo‘ldi. Bugun ham qiynalmadik, deb ayta olaman.
Bugungi o‘yinning ikkinchi bo‘limida ustunlik qildik. Mana "Paxtakor" bilan o‘ynasa bo‘lar ekan. Biroq mag‘lub bo‘ldik. Hakamlar faoliyatiga qaraydigan mutaxassislar bor. Ularning ishlariga qaramayman. Ikkala penaltiga ham baho bermayman". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi