
Bugun OChLda 6-tur o‘yinlari start oldi. Qarshining "Nasaf" klubi Dubayda mahalliy "Al-Vasl" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
33-daqiqada Fabio Lima gol kiritib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Sharof Muhitdinov o‘ng qanotdan uzatib berilgan ajoyib passni golga aylantira oldi - 1:1.
Ikkinchi taym avvalida esa Bobir Abduholiqov o‘zining ajoyib xatti-harakatlari bilan raqib darvozasini ishg‘ol etishnig uddasidan chiqdi.
Afsuski, qarshiliklar guruh bahslarida 10 ochko to‘plashga erishgan bo‘lsalarda, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmadi.
OChL. 6-tur
"Al-Vasl" - "Nasaf" 1:2
Gollar: Fabio Lima (33) - Sharof Muhitdinov (45), Bobir Abduholiqov (48)
“Al Vasl”: 12.Yusuf Abdulla, 2.Ali Alsiqitri, 4.Abdulla Jassim, 10.Fabio Lima (s), 15.Abdulla Al Naqbi, 20.Fariz Xalil, 22.Muhammad Hasan, 24.Hamad Al Bolushi, 48.Ali Alanssar, 78.Xalil Xamis, 99.Ali Solih.
Zaxira: 1.Sulton Al Manteri, 3.Abdulla Saloh, 7.Kayo Kanedo, 8.Entoni Kaseres, 17.Ronaldo Mendes, 36.Xamad Muhammad, 44.Salim Juma Alazizi.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullayev, 20.Islom Kenjaboyev, 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 21.Jahongir Aliyev, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Akmal Mozgovoy, 69.Dragan Cheran.
Quyida "Al-Vasl"ga qarshi o‘yin videosharhini tomosha qilish imkoniga egasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar