Yana bir necha daqiqalardan so‘ng O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvlarda Superliganing 3 ta vakili – “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro” klublari Kubokni ilk bosqichdayoq tark etishdi.
Nimchorak finalga yo‘llanma olgan 12 ta jamoaga yana to‘rtta jamoa qo‘shiladi. Bular - “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”.
1/8 finalda Superliganing 9 ta va Pro-liganing 7 ta klubi qatnashadi.
1.“Surxon” (Pro-liga)
2.“Dinamo” (Pro-liga)
3.“Sherdor” (Pro-liga)
4.“Mash’al” (Pro-liga)
5.“Andijon”(Pro-liga)
6.“Orol” (Pro-liga)
7.“Iftixor” (Pro-liga)
8.AGMK (Superliga)
9.“So‘g‘diyona” (Superliga)
10“Qo‘qon-1912” (Superliga)
11.“Neftchi” (Superliga)
12.“Qizilqum” (Superliga)
13."Paxtakor" (Superliga)
14."Lokomotiv" (Superliga)
15."Nasaf" (Superliga)
16."Bunyodkor" (Superliga)
Avvaldan belgilanganidek, 1/8 final bosqichiga ham qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash marosimi 18 aprel chorshanba kuni soat 20:00da “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Qur’a tashlash marosimidan oldin Superliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol mualliflariga PFLning maxsus sovrinlari topshiriladi.
Mart oyining eng chiroyli gol muallifi – Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)
Mart oyining eng yaxshi darvozaboni - Murod Zuhurov («Bunyodkor»)
Mart oyining eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)
Mart oyining eng yaxshi futbolchisi - yana Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»).
Jamoalar yarim finalgacha bitta o‘yin bilan g‘olib nomi aniq bo‘ladi. Birinchi chiqarilgan jamoa o‘yinni o‘z uyida o‘tkazadi.
1/8 final juftliklari:
«Qo‘qon-1912» - «Neftchi»
«Dinamo» - «Qizilqum»
«Mash’al» - «Surxon»
«Lokomotiv» - «Sherdor»
«Bunyodkor» - «So‘g‘diyona»
AGMK - «Nasaf»
«Orol» - «Andijon»
«Iftixor» - «Paxtakor»
Eslatib o‘tamiz 1/8 final bosqichi ham 1/16 final kabi bitta o‘yindan iborat va g‘olib jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi