"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Metallurg" bilan uchrashuv arafasida "sherlar"ning tayyorgarligi va raqib xususida fikrlarini bildirdi.
"Biz bellashuvga yaxshi hozirlik ko‘rdik. Barcha yigitlar o‘yinga yetarli darajada ishtiyoqqa egalar va g‘alabani ko‘zlashmoqda. "Metallurg" yetarlicha shakllangan jamoa. Ular qayd etayotgan natijalar tasodif emas. Jamoa o‘yinda doim oxirigacha kurashishga intiladi.
Tarkibida tajribali futbolchilarga ega. Shu bilan birga raqib safida yosh va iqtidorli o‘yinchilar bor. Shunday ekan, qiziqarli o‘yin bo‘lishini kutyapman. Biz mazkur bahsdan safardagi birinchi muvaffaqiyatni umid qilyapmiz. Qiyin bo‘lishi aniq, ammo biz oxirigacha harakat qilamiz", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Metallurg" va "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi Superliga 7-tur uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin