
O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Paxtakor» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Bekobodda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Toshkentlikar safida Ismoil Gonsalvesh dubl qayd etgan bo‘lsa, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov va Jasur Yaxshiboyevlar ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Ushbu o‘yinni saytimiz matnli tarnslyatsiya qildi
Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari ushbu mavsum safardagi ilk g‘alabalarini qo‘lga kiritdilar. «Metallurg» esa o‘z maydonidagi birinchi mag‘lubiyatni tan oldi.
«Paxtakor» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 14taga yetkazib oldi va ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Superliga, 7-tur
«Metallurg» – «Paxtakor» 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 - 25 Gonsalvesh, 0:2 - 31 Rahmatullayev, 0:3 - 74, penalti Gonsalvesh, 0:4 - 80 Masharipov, 0:5 - 89 Yaxshiboyev
«Metallurg»: Zafar Safayev, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov (Abror Toshqo‘ziyev, 84), Jasur Hasanov, Dilyorbek Irmatov, Sherzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Andrey Shipilov, 84), Abror Husinov, Zafar To‘rayev (Zohid Abdullayev, 66), Pavel Smolyachenko, Pavel Purishkin.
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Stanislav Andreyev, 86), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 86), Ismoil Gonsalvesh, Bahrom Abdurahimov (Jamshid Iskanderov, 78), Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra.
Ogohlantirishlar: Bezerra (26), Fayziyev (33), Shorahmedov (34), Irmatov (48), Suyunov (65), Isoqjonov (73).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar