
«Arsenal» klubining yirik aksioneri o‘zbekistonlik Alisher Usmonov londonliklar bosh murabbiyi Arsen Vengerning jamoani tark etishi haqidagi qarorini sharhlab o‘tdi.
«Bugun «Arsenal» futbol klubi tarixidagi juda qayg‘uli kun: klub afsonaviy va sodiq murabbiyidan ajralishi e’lon qilingan kun.
Men uzoq yillar mobaynida Vengerga qoyil qolib keldim va bu hech kimga sir emas. U bizning klubda inqilobni yuzaga keltira oldi.
Arsen Vengerning Yevropa futbolidagi eng yaxshilaridan bo‘lgan murabbiylik faoliyati shak-shubhasiz uzoq yillar yashaydi. Men uning kelajakdagi ishlariga omad tilayman.
Va albatta, Vengerning o‘rinbosariga uning ananalarini davom ettirishi va futbol maydonida zafarlarga erishishini tilab qolaman», – deydi Usmanov.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar