09:03 / 22.04.2018
3 110

Fyodorov: "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman, ammo...

Фёдоров: "Локомотив"нинг натижаларига мен жавоб бераман, аммо...
Superliga 7-tur doirasida "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Sardor Rashidov qatnashdi.
"Hozircha jamoaning bosh murabbiylik vazifasini vaqtinchalik bajaryapman. Keyingi vaqt davomida men o‘z iqtidorimni namoyish etishim kerak. Bu mas’uliyatda ishlash juda qiyin. Oldingi ishlagan joyim bilan bu yerni solishtiradigan bo‘lsak, u yerda umuman boshqacha futbol bo‘lardi, futbolchilar ham boshqa edi, vazifalarning darajasida ham farq bo‘ldi. "Lokomotiv"da esa vazifalarni bajarishdi yanada qattiqroq ishlashim kerak. Bugungi uchrashuvga yigitlarni ruhiy jihatdan qattiq tayyorlagandik. Sababi "Lokomotiv" so‘nggi uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmayotgandi, biroq o‘sha bahslarda yomon harakat qilmagandik. O‘sha o‘yinlarda g‘alaba qozona olmaganimiz tufayli yigitlarning psixologiyasida negativ jihatlar ko‘payib ketdi. Biz o‘yingacha mana shu negativlikni yo‘qotishga harakat qildik. Shukurki, futbolchilar bizni eshitishdi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

"Lokomotiv"ning ayni damdagi tarkibi bir necha yillardan buyon birga o‘ynab keldi va bir mexanizmga aylandi. Har bir futbolchi mexanizmning bir qismi. Yangi futbolchilar esa mexanizmga kirishi keta olmayapti. Vaqti kelib, yosh futbolchilar ham, Sherzod Karimov, Cho Suk Jae, Farhod Bekmurodov ham o‘yinlarda qatnashishadi. Biz hech qaysi futbolchini unutmaymiz.

Qaysidir o‘yinda Sadriddin Abdullayev kichik jarohat olgandi. U "Zob Axon"ga qarshi o‘yingacha mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Unda kichik jarohat bor. Sardorimiz jarohatidan tiklanmoqda. Uni keyingi o‘yinlarga tayyorlayapmiz.

Bundan buyon "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman. Asosiy tarkibni aniqlashda ham, o‘zgartirishlarda ham men qaror chiqaraman. Biroq yordamchilarning ham fikrini eshitaman. Ammo aytganimdek natijaga men javob beraman"

Sardor Rashidov: "So‘g‘diyona" bizga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Jamoa yaxshi harakat qildi va qiyin o‘yin bo‘ldi. Ammo biz raqibdan ustunligimizni ko‘rsata oldik va g‘alabaga erishdik"

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fyodorov: "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman, ammo...