
Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida professional boks bo‘yicha janglar bo‘lib o‘tdi. Mazkur boks kechasida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.
Iste’dodli bokschilarimizdan biri Sardor Muzaffarov professional ringdagi uchinchi jangini rossiyalik Murad Arslanovga (8-3-0, KO4) qarshi o‘tkazdi.
55,2 kg vazn tofiasida kechgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz muddatidan oldin g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. 6 raund etib belgilangan jangning birinchi raundida rossiyalik bokschi nokautga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, Sardor bungacha bokschimiz bir mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar