07:30 / 23.04.2018
4 507

Professional bokschimiz Sardor Muzaffarov 1-raunddayoq raqibini ringga qulatdi

Professional bokschimiz Sardor Muzaffarov 1-raunddayoq raqibini ringga qulatdi
Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida professional boks bo‘yicha janglar bo‘lib o‘tdi. Mazkur boks kechasida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.

Iste’dodli bokschilarimizdan biri Sardor Muzaffarov professional ringdagi uchinchi jangini rossiyalik Murad Arslanovga (8-3-0, KO4) qarshi o‘tkazdi.

55,2 kg vazn tofiasida kechgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz muddatidan oldin g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. 6 raund etib belgilangan jangning birinchi raundida rossiyalik bokschi nokautga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor bungacha bokschimiz bir mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional bokschimiz Sardor Muzaffarov 1-raunddayoq raqibini ringga qulatdi