
Argentinalik afsonaviy futbolchi, hozirda BAA ikkinchi divizioni vakili “Al Fujayra” klubini boshqarayotgan Diyego Maradona oyoqsiz bolakay bilan futbol o‘ynadi.
Qozog‘istonlik yosh futbol muxlisi Ali Amir ijtimoiy tarmoqlar orqali Maradona bilan uchrashmoqchi ekanini aytgan edi. Shundan so‘ng Diyego uni mashg‘ulotga taklif qildi.
Oyoqsiz bolakay mashg‘ulotda gol urish uchun qo‘llaridan foydalandi. Mashg‘ulotdan so‘ng Maradona unga sovg‘alar va imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi, Amir esa qozoq milliy liboslarini hadya qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar