22:55 / 03.05.2018
5 189

«Uzbek Tigers» Butunjahon boks seriyasidan chiqarib yuborildi

«Uzbek Tigers» Butunjahon boks seriyasidan chiqarib yuborildi
«Uzbek Tigers» uchun Butunjahon boks seriyasi joriy mavsumdagi bahslari yakunlandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytiga tayanib, «Xalq so‘zi online» xabar tarqatdi.

Bunga turnir formatiga o‘zgartirish kiritilgani sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra, yarim final bellashuvlarida faqat o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni olgan jamoalar ishtirok eta oladi. «Uzbek Tigers» jamoasi boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumi guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, musobaqaning «British Lionhearts» (Buyuk Britaniya) — «Astana Arlans» (Qozog‘iston) hamda «France Fighting Roosters» (Fransiya) — «Domadores de Cuba» (Kuba) jamoalari yarim final bosqichida kurash olib boradilar.

Yarim finalning dastlabki janglari 18-19 may, javob bellashuvlari esa 25-26 may kunlari o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Uzbek Tigers» Butunjahon boks seriyasidan chiqarib yuborildi