Osiyo Kubogi-2019 qur’a tashlash marosimida O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etmoqda.
Jumladan, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov hamda milliy terma jamoamizning eng mohir o‘yinchilaridan biri Server Jeparov shu yerda.
Biz fursatdan foydalanib, O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovni suhbatga tortdik, deb yozadi championat.asia nashri. Umid Mahamadjonovich qur’a oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Avvalo shuni aytishim kerak, Osiyo Kubogi juda muhim musobaqa hisoblanadi va bu turnirda terma jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo‘yiladi. Eng katta niyatimiz esa bu 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish, bu haqda ko‘p gapirganmiz va doim takrorlashga tayyorman".
- "Qur’adan nima kutyapman? To‘g‘risini aytsam, birinchi navbatda kuchli raqiblar tushishini. Nima uchun? Chunki qancha kuchli jamoalar bilan o‘ynasak o‘yinimiz shunchalik shakllanib boraveradi. Shu bois men guruhimizga kuchli jamoalar tushishini xohlayman".
- "Shu o‘rinda taxmin qiladigan bo‘lsam, guruhimiz BAA, O‘zbekiston, Ummon va KXDR bo‘lgani ma’qul deb o‘ylayman. Lekin hammasini qur’a ko‘rsatadi. Nima bo‘lganda ham, maqsadimiz Osiyo Kubogi finaliga chiqish hisoblanadi", - deydi Umid Ahmadjonov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di