
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28 may sanasida Toshkentda Kamerun bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Journal du Cameroun nashriga tayanib Daryo xabar berdi.
Qayd etilishicha, kamerunliklar 25 may kuni Parijda Burkina-Faso bilan, uch kun o‘tgach esa Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun Kamerun terma jamoasi O‘zbekiston kabi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etmaydi va bu o‘rtoqlik bahslari orqali Afrika millatlari kubogi-2019 musobaqasining sentyabr oyida boshlanadigan saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.
Ayni damda Afrika qit’asi jamoasi xuddi O‘zbekiston kabi o‘z bosh murabbiyga ega emas va jamoani Aleksandr Belinga vaqtinchalik boshqarmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar