11:05 / 06.05.2018
3 411

Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
«Atletiko» hujumchisi Diyego Kosta hamda «Zalsburg» a’zosi Amadu Edara Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzoda sifatida ko‘rsatilgan edi. Ovoz berish jarayoni yakunlanib, haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytiga asoslanib Daryo xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Atletiko» a’zosi Diyego Kosta Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi​ sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan ikkala o‘yinchi ham kecha yarim final javob o‘yinlarida gol urishga erishdi. Kostaning goli jamoasiga g‘alaba bilan final yo‘llanmasini taqdim etgan bo‘lsa, Amadu Edara esa «Marsel»ga qarshi o‘yinning qo‘shimcha bo‘limida maydondan chetlatildi. Jamoasi esa finalga chiqa olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi