
“Shalke” klubi Germaniya Bundesligasining navbatdagi turida “Augsburg” jamoasini mag‘lub (2:1) etdi.
Chempionat yakunlanishiga bir tur qolgan bir paytda Gelzenkirxen jamoasi turnir jadvalida o‘zi uchun ikkinchi o‘rinni naqd qildi. “Shalke” eng yaqin ta’qibchisi Dortmundning “Borussiya” klubidan 5 ochkoga o‘zib ketdi. Bu bilan “Shalke” o‘zi uchun kelasi mavsum YeChLda ishtirok etishni naqd qildi.
Jamoa to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng qit’aning bosh turnirida ishtirok etadi. Gelzenkirxenliklar so‘nggi bor mavsum-2014/15da YeChLning 1/8 finaliga qadar yetib borishgan va “Real”ga imkoniyatni boy (0:2, 4:3) berishgan edi.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar