20:55 / 07.05.2018
4 034

Qaror chiqarishda adashgan hakam futbolchilar tomonidan «futbol» qilindi (video)

Qaror chiqarishda adashgan hakam futbolchilar tomonidan «futbol» qilindi (video)
Efiopiyadagi futbol uchrashuvida hakam futbolchilar tomonidan kaltaklandi. Mamlakat chempionatida Efiopiya Qurolli kuchlariga qarashli “Harbiylar” jamoasi ham ishtirok etadi. Shu klub “Velvalo Adigrat” bilan navbatdagi turda bahs olib bordi. Ikki jamoaga ham g‘alaba suv va havodek zarur edi.

Shu bois uchrashuv boshlanishi bilanoq, raqiblar 3 ochko olish uchun gol urish harakatida bo‘lishdi. Birinchi bo‘limning boshidayoq, hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi. Ammo hakamning kutilmagan qarori, nafaqat ushbu uchrashuvni, balki Efiopiya chempionatini ham ma’lum muddatga to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ldi.

“Harbiylar” jamoasi hujum qilayotgan paytda, to‘p chiziqni kesib o‘tgandi. Tabiiyki, bunday vaziyatda futbolchilar hakamga qarashadi. “Velvalo Adigrat” o‘yinchilari ham referining hushtagini kutgan vaziyatda, “harbiy futbolchilar” hujumni davom ettirib, raqib darvozasini ishg‘ol qiladi.

Urilgan golni qoidaga zid ekanligini tushuntirish uchun “adigratchi”lar hakam yoniga borishadi. Biroq maydon “qiroli” golni inobatga olib, maydon markazini ko‘rsatadi.

Adolatsizlikka chiday olmagan “Velvalo Adigrat” futbolchilari hakamga dastlab musht otishadi. Hujumdan sarosimaga tushib qolgan referi qochishga tushadi. Biroq futbolchilar uni quvib, kaltaklashadi.

Efiopiya televideniyesida keng yoritilgan ushbu holatdan keyin, mamlakat futbol federatsiyasi chempionatda tanaffus e’lon qildi. Hozircha, vaqtinchalik ta’til qachon tugashi ma’lum emas. Payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda EFF bunga oydinlik kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qaror chiqarishda adashgan hakam futbolchilar tomonidan «futbol» qilindi (video)