
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi 32 yoshli taniqli hakam Fahad al-Mirdasini kelishilgan o‘yin tashkil etishga uringani uchun diskvalifikatsiya qildi, deb yozadi «Daryo».
Qayd etilishicha, u mamlakat kubogi finalida ishlashi kerak bo‘lgan. Al-Mirdasi klublardan biri vakiliga kerakli natija uchun ma’lum miqdorda pul so‘rab xat yozgan. Klub esa bu haqda federatsiyaga ma’lum qilgan. Ayni vaqtda hakam hibsga olingan.
Al-Mirdasi Konfederatsiyalar Kubogi-2017 turnirida uchinchi o‘rin uchun o‘yinni boshqargan, shuningdek, Rio-2016 Olimpiadasida ham ishlagandi. Avvalroq al-Mirdasi JCh-2018 o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi FIFAga hakamni jahon miqyosida diskvalifikatsiya qilishni so‘rab xat yo‘llagan. Ma’lumot uchun Fahad al-Mirdasi 2015 yil Osiyoning eng yaxshi hakami sifatida e’tirof etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar