
Pepsi Superliga 12-turidan o‘rin olgan AGMK va «Bunyodkor» jamoalari bahsi mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin «qaldirg‘ochlar» ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
«Albatta, juda og‘ir o‘yin kechdi. Shunday bo‘lishini bilar edik, chunki AGMK futbolchilari jismonan baquvvat, qolaversa standartlarda juda kuchli o‘ynaydigan jamoa. O‘z o‘yin uslubiga ega. Lekin shunga qaramasdan turib biz tayyorgarlik ko‘rdik va buning uchun juda ham qisqa 2 kunlik vaqt bo‘ldi. Shu narsa meni biroz havotirga solayotgan edi.
Yigitlarga rahmat aytaman, ular men aytgandek yerlatib to‘p oshirish orqali chiroyli kombinatsion o‘yin ko‘rsatishdi. Muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman», - deydi Mirjalol Qosimov.
Fursatdan foydalanib, Mirjalol Qosimov «Bunyodkor» klubi nomidan butun O‘zbekiston ahlini kirib kelayotgan ayyom bilan tabriklab o‘tdi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar