09:01 / 17.05.2018
3 216

APLda yaqin vaqtlarda amalga oshishi mumkin bo‘lgan top-3 transfer (foto)

APLda yaqin vaqtlarda amalga oshishi mumkin bo‘lgan top-3 transfer (foto)
Transferlar oynasi ochilishiga ham oz qolmoqda. Angliyadagi muxlislar Salohning gollari va "Siti"ning chempionligi bilan mast bo‘lib yurgan vaqtlarida "tumanli albion" jamoalarida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Ertaga Angliyada transferlar oynasi ochilgani rasman ma’lum qilinadi. Biz amalga oshishi mumkin bo‘lgan 3 top-transfer haqida ma’lumot beramiz.

RIYoD MAHREZ

"Lester" vingeri Riyod Mahrezni Angliyaning top-jamoalari o‘z safida ko‘rishni istayotgani aniq. U bir vaqtlar "Manchester Siti"ga o‘ta olmay qoldi. "Shaharliklar" futbolchi uchun 65 mln yevro to‘lashga tayyor turganida, "tulkilar" rahbariyati bunga rozi bo‘lmadi. Ular jazoirlikning transferidan 100 mln yevro ishlab olishni istashgandi.

Shundan so‘ng u yana "Lester" tarkibida o‘ynashni davom ettirdi. Yakunlangan mavsumda u jamoaning yetakchi futbolchisi ekanligini isbotladi.

Dubl. "Manchester Siti" yana Riyodni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakatlarni boshladi. Endi bu hazilga o‘xshamayapti. Jamoa uni transfer qilish uchun katta ishni bajarib qo‘ydi. Endi uning Manchesterga ko‘chib o‘tishi deyarli aniqqa o‘xshaydi.

ALEKS SANDRO
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted" - "Chelsi" uchrashuvidan keyin "tumanli albion"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

O‘tgan yozda aynan shu jamoalar braziliyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istashgandi. Yakunda "aristokratlar" "Roma"dan Emerson bilan kuchayishdi. MYuda esa chap qanotda futbolchi kam. Mourino faqatgina Eshli Yangga ishonch bildirmoqda. Biroq u har doim ham yuqori darajada o‘yin ko‘rsata olmayapti. Lyuk Shou faqatgina rotatsiyada ishlatilmoqda. Deyli Blind esa deyarli o‘ynamayapti.

Sandro "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi. Shuningdek "Yunayted" yana bir necha futbolchilarni sotib olishi kutilmoqda. Biroq shularning orasida Sandroning transferi amalga oshishi ehtimoli eng yuqorisi.

JAN MIKAEL SERI
Serining qay tarzda "Barselona"ga o‘ta olmay qolganini barcha eslasa kerak. Transfer amalga oshay deb turganida barchasi bekor bo‘ldi.

Tomonlar ayrim masalalarni kelisha olmay qolishdi. Yaqin kunlarda Seri jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Fransiya manbalariga ko‘ra, unga asosiy da’vogar sifatida "Arsenal" ko‘rsatilmoqda. Aynan u "kanonirlar"ning markazdagi muammolarini yopib bera oladi.

So‘nggi vaqtlarda xavbek "Nitssa"ning yetakchilaridan biri bo‘lmoqda. Agarda "Arsenal" uni xarid qiladigan, shak-shubhasiz bu foydali transfer bo‘ladi.
Mirjalol Normatov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APLda yaqin vaqtlarda amalga oshishi mumkin bo‘lgan top-3 transfer (foto)