21:53 / 18.05.2018
2 478

Jahon chempionlari munosib kutib olindi

Jahon chempionlari munosib kutib olindi
Rossiya poytaxti Moskva shahri mezbonligida o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

Bir necha daqiqa oldin g‘oliblarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, chempion yigitlarimizning murabbiy va tarbiyachilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz jahon chempionatida Pokiston (0:0, guruh), Rossiya (2:0, guruh), Nepal (2:1, chorak final), Burundi (1:0, yarim final) terma jamoalari bilan kuch sinashib, mag‘lubiyatsiz hal qiluvchi bahsga yetib kelishdi. Final uchrashuvida o‘zbekistonlik qora ko‘zlar ikkinchi bor pokistonlik raqiblari bilan to‘qnash keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang (1:1) natija qayd etilgach, penaltiga murojaat etildi. “Lotereya” bahsida omad hamyurtlarimizga kulib boqdi. Qayd etish kerak, Pokiston terma jamoasi Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)