23:35 / 19.05.2018
3 776

«Chelsi» Angliya kubogi sohibi!

«Chelsi» Angliya kubogi sohibi!
Angliya kubogining finalida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» bilan kuch sinashdi va Londonliklar kichik hisobda g‘alaba qozondi.

«Uembli» stadionida kechgan final o‘yinida nominal maydon egalari Azarning 22-daqiqada penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda «Manchester Yunayted» futbolchilari ko‘proq hujum qilishdi va «Chelsi» qarshi hujumda o‘z omadini sinadi.

Kiritilgan goldan keyin esa Joze Mourinyu maydonga yana ikki hujumchi tushirib katta bosim uyushtirdi. Biroq «Chelsi»ning tartibli himoyasi va Tibo Kurtuaning harakatlari tufayli gol kirita olmadi. Antonio Kontening balki so‘nggi o‘yinida «Chelsi» Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Angliya Kubogi Final

«Chelsi» - «Manchester Yunayted» 1:0 (1:0, 0:0)

Gol:
1-0 Azar (p) 22.

«Chelsi» - Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Azar (Villian, 90), Fabregas, Kante, Bakayoko, Alonso, Jiru (Morata, 89).

«Manchester Yunayted» - De Xea, Djons (Mata, 87), Smolling, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Marsyal, 73), Errera, Sanches, Reshford (Lukaku, 73).

Ogohlantirishlar: Djons (21), Valensiya (58), Kurtua (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» Angliya kubogi sohibi!